Bugun, 14-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti San'at kafedrasi mudiri K.Abdirimov, kafedra o'qituvchisi I.Karimov boshchiligida fakultet talaba-yoshlari "Milliy musiqa cholg'ulari" ansambl faoliyatini tashkil etish hamda ta'lim muassasalarida keng targ'ib qilish maqsadida Yangiariq tumanidagi 37-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida Inoyat Karimov dirijorligidagi "Jayxun" orkestr jamoasi tomonidan yosh avlodga madaniyat va san'atni yaqinroq tanitish, madaniy merosni targ'ib qilish maqsadida maktab o'quvchilari uchun konsert dasturi tashkil etilib, unda kuy-qo'shiqlar va musiqiy chiqishlar namoyish etildi hamda tomoshabinlarga quvonch ulashildi.