Bugun, 18-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Navro'z ayyomi munosabati bilan Filologiya va san'at fakulteti tomonidan “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etilib, unda universitet rahbariyati va fakultet professor-oʻqituvchilari hamda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyev kirish so'zi bilan ochib berdi hamda Navro'zning tinchlik, hamjihatlik va yangilanish ramzi ekanini ta'kidlab, barchaga ezgu tilaklarini bildirdi.
Badiiy kecha davomida Filologiya va san'at fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida milliylikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar, milliy qadriyatlarni o'zida aks ettiruvchi raqs va sahna ko'rinishlari hamda Navro'zga oid qiziqarli chiqishlar namoyish etilib, tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashildi.