Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!

Sharqning eng qadimiy va fayzli bayramlaridan biri Navro'z nafaqat tabiat uyg'onishi, balki inson qalbidagi yaxshilik, bag'rikenglik va yangi maqsadlar sari yo'l ochuvchi ayyomdir.

Bugun, 20-mart kuni Xorazm viloyati “Yoshlik” sport majmuasida Navro’z ayyomi munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” ezgu g’oyasi ostida o’tkazilgan bayram sayli barcha yurtdoshlarimiz uchun katta shodiyona bo’ldi

Bayram tantanalarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining har bir fakulteti jamoasi sayilning faol qatnashchilari qatorida ishtirok etdi.

Bugungi sayil davomida tashkil etilgan bir-biridan qiziqarli xalq oʻyinlari, urf-odat va an'analarimizni aks etgan bezaklar, milliy liboslarimiz, hunarmandchilik namunalari, dilbar qizlarimiz o'z qo'llari bilan tayyorlagan turli-tuman betakror Navro'z taomlari va shirinliklar ko’zni quvnatib, folklor dastalari tayyorlab kelgan azaliy marosimlarimiz namoyishi, milliy raqs va kuy-qo'shiqlar xalqimiz ko’nglidan chuqur joy egalladi.

Barchangizga ushbu ulug' ayyom xotirjmlik, baxt va farovonlik olib kelsin!
Navro'z muborak!