Bugun, 2-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetida "1-aprel — Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ona tabiatga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytirish va qushlar olamiga qiziqishni oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Unda soha mutaxassislari tomonidan qushlarning tabiatni muhofaza qilishdagi o'rni, ularning turlari hamda muhofaza qilish strategiyalari haqida ma'lumotlar berildi.
Tadbirdan asosiy maqsad qushlarning ekologik tizimdagi o'rnini o'rganish, ularning biologik xilma-xilligini saqlash hamda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni keng ommaga yetkazishdan iborat.