ECAMPUZ loyihasi doirasidagi CAMP 3 dasturining navbatdagi seminari o'tkazilmoqda

Bugun, 3-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida ECAMPUZ loyihasi doirasidagi CAMP 3 dasturining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Ispanya va Daniyadan bir guruh olimlar ishtirok etmoqda. Anjuman ishini oliygoh Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov kirish so‘z bilan ochib berdi va anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

Anjumanda Yevropa Ittifoqi hamda hamkor universitetlarining oziq-ovqat sohasidagi yetakchi olimlari tomonidan “Oziq-ovqat fanlari o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining salohiyatini oshirish”, shuningdek, “Universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oziq-ovqat sanoati o‘rtasida hamkorlikning yangi va innovatsion shakllarini yaratish” kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ECAMPUZ loyihasining asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha “Barqaror o‘sish va ish o‘rinlari” ustuvor yo‘nalishlarini qamrab olgan holda O‘zbekistonda oziq-ovqat fanlari va barqaror oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash va standartlashtirilgan xalqaro amaliyotni joriy etishdan iborat.