“Universiada” sport musobaqalarining Futbol sport turi boʻyicha final bosqichi qizg'in davom etmoqda

11-aprel kuni Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida "Universiada" musobaqalarining Futbol sport turi bo’yicha final bahslari Xorazm viloyati hamda Qashqadaryo viloyati terma jamoalari o'rtasida bo’lib o’tdi. 

Mazkur musobaqada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qilishdi. Final bahslarida barcha jamoalar qizg'in bahs olib borishmoqda.

Musobaqa natijalariga ko'ra, talabalarimiz Xorazm viloyati foydasiga 5:0 hisobida g'oliblikni qo'lga kiritishdi.