Joriy yilning 9-15-aprel kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) ning 2-tur bahslariga mezbonlik qildi. Musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 14 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Ushbu musobaqada Urganch davlat universiteti voleybolchi talaba-qizlari qizg‘in o‘yin ko‘rsatib, barcha jamoalar ustidan gʻalaba qozondi va “Play-off” bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ushbu g‘alaba bilan Urganch davlat universiteti jamoasini, sportchi talabalarimiz va ularning fidoyi murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz. Ularning bundan keyingi faoliyatlarida ham yuksak parvozlar tilaymiz!
Maʼlumot oʻrnida, ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (Oliy liga)ning “Play-off” bahslari joriy yilning 3-11 may kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi va unda 8 ta jamoa ishtirok etadi hamda mazkur bahslarda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati chempionlari aniqlanadi.