Urganch davlat universitetida

Bugun, 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-61-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar  fakultetida “Bitiruvchilar va ish beruvchilar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda 30 dan ortiq yirik ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari ishtirok etib, davlat korxona va tashkilotlariga ishga joylashish masalalari ko’rib chiqildi hamda korxona rahbarlari talabalarga soha yo’nalishlari bo’yicha mavjud bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumot berishdi. Shuningdek, jarayonning o'zida 87 nafar talaba-yoshlar bilan o'zaro shartnoma tuzilib, ularning bandligi ta'minlandi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida bitiruvchi talabalarning bandligini ta'minlash maqsadida yarmarka tashkil etilib, unda viloyatdagi nufuzli korxonalar o'zlarining mahsulotlari va bo'sh ish o'rin vakantlari bilan qatnashdilar.