Xorazm viloyati “Yoshlik” sport majmuasida Navro’z ayyomi munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” ezgu g’oyasi ostida o’tkazilayotgan bayram saylida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti barcha fakultet jamoalari faol ishtirok qilib, innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan qo'l ishlari hamda talaba-yoshlarimiz tomonidan tayyorlangan milliy taomlar ko'rgazmada namoyish qilinmoqda.