Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Talabalar bahori” haftaligi doirasida turli hunarmandchilik namunalari hamda innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda oliygohning barcha fakultetlaridan talaba-yoshlar o‘z qo‘l mehnati ishlari bilan ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki, loyihadan ko‘zlangan maqsad yoshlarning o‘z iste’dodlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, yosh ijodkorlarni kashf etishdan iborat bo‘lib, ko‘rgazmada namoyish etilgan hunarmandchilik namunalari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.