Ish beruvchi tashkilotlar vakillarining bitiruvchilar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugun, 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-61-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va sanʼat fakultetida “Bitiruvchilar va ish beruvchilar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni fakultet dekani, prof. D.Gʻayipov ochib berdi. Tadbirda Oʻzbekidton Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat fuqarolik xizmatlari agentlining Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi M.Iskandarova, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarmasining boʻlimi boshligʻi G.Jumanova, Milliy bank xodimi M.Masharipov hamda Ogahiy nomidagi musiqali drama  teatrining Sahnalashtirish boʻlimi boshligʻi  S.Roʻzmatov ishtirok etib, fakultet bitiruvchi talabalariga oʻz tashkilotlaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot berdilar.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi haqida batafsil tushuntirishlar olib borildi.