Urganch davlat universiteti Kimyo kafedrasi dotsenti Muxabbat Baltayeva va birinchi bosqich magistranti Ro'zmetova Nazokat maktab o'quvchilariga "Temir va uning xossalari" mavzusiga oid ko'rgazmali tajriba darslarini o'tkazib, o'quvchilarni kimyo faniga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishida o'z xissasini qo'shdilar. Temir va uning turli birikmalarining xossalarini ifodalovchi qiziqarli bo'lgan (eritmalarda rang o'zgarishi bilan boradigan) tajribalar amalga oshirildi. Dotsent M. Baltayeva o'quvchilar tomonidan mavzu bo'yicha berilgan savollarga javoblar berib, tajribada borgan jarayonlarning mohiyatini tushuntirib berdi.
Bundan tashqari birinchi bosqich magistranti Madraximov Mansurbek Urganch tumani 40-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilarga qiziqarli ilmiy shou lar ko'rsatdi. O'tkazilgan tajribalarda borgan reaksiyalar va jarayonlarni o'quvchilarga tushuntirib berdi.