Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Bitiruvchilar va ish beruvchilar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvni fakultet dekani Z.Jumaniyazov ochib berdi. Tadbirda universitet Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldashev, shahar xalq ta'limi bo'limi yetakchi mutaxassisi M.Rajapova, 32-sonli maktab direktori M.Yo'ldosheva, 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari S.Abdullayeva, 13-sonli maktab o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari A.Avezova, Beruniy tumani “My dream school” xususi maktabi moliya va sotuv bo’limi mutaxassisi M.Allaberganova, Xorazm viloyat turizm boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Yusupova, DXX chegara qo’shinlari 9203-harbiy qism kadrlar bo’limi boshlig’i O.Mamatov, viloyat kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo’limi boshlig’i T.Quryazov hamda Turizm komissiyasi vakili A.Boltaboyevlar mehmon sifatida ishtirok etib, fakultet bitiruvchi talabalariga oʻz tashkilotlaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot berdilar.