Ish beruvchi tashkilotlar vakillarining bitiruvchilar bilan navbatdagi uchrashuv Texnika fakultetida davom etdi

Xabaringiz bor, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida fakultetlar kesimida “Bitiruvchilar va ish beruvchilar” uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Navbatdagi uchrashuv Texnika fakulteti bitiruvchi bosqich talaba-yoshlari ishtirokida o’tkazildi. 

Uchrashuvni fakultet dekani M.Qurbanov ochib berdi. Unda universitet Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldashev, "UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filiali vakili B.Axmedov, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Xorazm viloyat bo'linmasi, Kadastr agentligining Xorazm viloyat boshqarmasi, Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Xorazm hududlararo bo'linmasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm viloyati hududiy filiali, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm MET filiali kabi bir qator yirik korxona vakillari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda universitetning ilmiy salohiyati va joriy yilgi bitiruvchilarining qay darajada o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo’lganligi to’grisida so’z yuritilib, ish beruvchilar soha yo’nalishlari bo’yicha mavjud bo’sh ish o'rinlari to’g’risida ma’lumot berishdi va talabalar o’zlarini qiztirgan savollariga korxona xodimlaridan javob olishdi.