Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri UrDUga tashrif buyurdi

1-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bo'ldi. Tashrif davomida vazir oliygoh rahbariyati hamrohligida foydalanishga topshirilish arafasidagi yangi Axborot-resurs markazi binosining jihozlanish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Vazir zamonaviy ilmiy va axborot muhitini yaratish hamda talabalarning qulay, sifatli ta'lim olishlari uchun qad roslagan ushbu binoning har bir qavatini va xonalarini ko'zdan kechirar ekan, binoning jihozlanishiga alohida e'tibor qaratdi. Xususan, zamonaviy axborot texnologiyalari, qulay mebel va texnik vositalar bilan ta'minlanish masalalari yuzasidan o'z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, vazir universitetda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan o'quv binosining loyihasi bilan ham tanishdi. 

Maʻlumot oʻrnida, ushbu 5 qavatli Axborot resurs markazi binosi 2 blokdan iborat bo‘lib, 1000 o‘ringa mo‘ljallangan. Kutubxona ichida 506 o‘rinli faollar zali hamda universitet muzeyi joylashgan.