Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun, 23-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi. Unda professor-oʻqituvchilar, media sohasiga qiziqishi baland yoshlar hamda universitet Axborot xizmati boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.

 Muloqot davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Dilshod Ibadullayev tomonidan  ishtirokchilarga Urganch davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi. Jumladan, ishtirokchilar yoshlar bilan ishlashda yillik reja asosida tashkil etilayotgan turli tadbirlar va ularda hamkor tashkilotlarning oʻrni, loyihalar, olimpiadalar, toʻgaraklar, sport tadbirlari, shuningdek, oliygohda faol va izlanuvchan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.