Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi Xorazm viloyatida o'tkazildi.
Bugun, 13-iyun kuni mazkur tanlovning ikkita shartiga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi.
Ishtirokchilar “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti” shartlari bo'yicha o'zaro bellashishdi. Ushbu shartlarda ishtirokchilar o'zbek adabiyotining mashhur namoyondalari hayoti, ijod yo'li, asarlari, ular yaratgan qahramonlari haqida chuqur bilimlarini, qolaversa, mashhur adiblarning hayoti, ijodi, faoliyati va uning asarlari asosida sahna ko'rinishlarini namoyish etishdi.
Final bosqichi ishtirokchi jamoalari:
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Namangan davlat pedagogika instituti
Samarqand davlat universitetining Urgut filiali
Termiz davlat pedagogika instituti
Qarshi xalqaro universiteti
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Buxoro davlat tibbiyot instituti.