Xorazm viloyatida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi

Bugun, 16-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi B.Rahimov, Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov tomonidan Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassalalari, kasbiy ta’lim muassasalari hamda texnikumlarning rahbar xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 15-may kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yozgi ta’til davrida talabalar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, ushbu tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. Har bir hududda loyihaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. 

 «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida yaqindan yoritish topshirildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarining loyiha doirasidagi faoliyatlari  yuzasidan axborotlari tinglandi.