Bugun, 16-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tashabbusi bilan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohalarida ilmiy innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada xorijiy hamda Respublika oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchi hamda yosh tadqiqotchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi. Jumladan, Turkiyaning Pamukkale universiteti qishloq xo‘jaligi fakulteti Kurczu dekani, akademik Karadeniz Giresun “Meva va uzumchilikda innovatsion va resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining istiqbollari" hamda Boku universitetidan Prof. Reinhard Neugschwandtner "Qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish” mavzularidagi ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Shuningdek, respublikamizdan hamda Urganch davlat universitetidan olimlarning “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning istiqbolli navlari, kecha va bugun”, “Zamonaviy resurs tejamkor issiqxonalarda sabzavot va ko‘kat yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” hamda “Sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirishning zamonaviy istiqbollari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalari tinglandi.
Anjuman o‘z faoliyatini kunning ikkinchi qismida 4 ta sho‘ba yig‘ilishida davom ettiradi.