Bugun, 15-iyul kuni Urganch davlat universitetida yangi Axborot-resurs markazi bo‘ylab media-tur tashkil etildi. Unda universitet Axborot xizmati qoshidagi Talabalar press klubi aʼzolari hamda blogerlik faoliyatiga qiziqishi baland yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda Axborot-resurs markazi direktori Gʻ.Samandarov tomonidan zamonaviy tarzda jihozlangan yangi Axborot-resurs markazi faoliyati va u yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtirildi.
Taʼkinlanganidek, ushbu zamonaviy markaz bir vaqtning o‘zida 1000 nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, Pekin-Urganch matematika markazi, 506 o‘rinli faollari zali, universitet muzeyi va qomusiy olimlar nomidagi o‘quv zallari mavjud.
Media-tur ishtirokchilari o‘quv zallari, elektron resurslarga kirish imkoniyatlari, ochiq wi-fi hududlari hamda mustaqil ta’lim olish uchun mo‘ljallangan qulay muhit borasida zarur maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Ilm-fan sari intilayotgan yoshlar uchun Axborot-resurs markazi – bilim manbai, o‘z ustida ishlash maydoni va yangi g‘oyalar makonidir!