16-iyul kuni Nukus davlat texnika universiteti rektori B.Kaipbergenov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida oliygoh rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda olib borilgan muzokaralar natijasi o'laroq ikki tomon o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, yozgi va qishki maktablar tashkil etish hamda talabalar amaliyoti va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Shuningdek, uchrashuvda investitsion loyihalarni jalb qilishda hamkorlik qilish, IT hamda texnika va muhandislik sohalarida hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.
Bu kelishuv ikki universitet o‘rtasida mustahkam akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilib, mintaqaviy hamkorlik doiralarini kengaytirishga turtki bo‘ladi, desak, mubolag'a bo'lmaydi.