Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin topishi va yoshlarning kelajakdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat miqyosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan ishlash, ularni ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda har bir yoshning qiziqishi va salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha muhim topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Mazkur yig‘ilishda ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida rektor v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda universitetning fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va mas’ul bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda universitet bitiruvchilari bo‘yicha aniq monitoring olib borish, ularni mehnat bozoridagi talab va ehtiyojlar asosida ishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bitiruvchilarni nafaqat ish bilan ta’minlash, balki ularga zarur maslahatlar berish, ishga joylashish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi. Ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va talabalar bilan individual ishlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Uchrashuvda “Kelajakka qadam” loyihasining imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish, ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.