Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-apreldagi 07/15-1-son topshirig’iga asosan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni bo’lib o’tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengash yig’ilishida belgilab berilgan yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar hamda vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyati” mavzusida iqtisodiy o’qish bo’lib o’tmoqda.
Mazkur iqtisodiy o’qishda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida barcha prorektorlar va bo’lim boshliqlari markazlashgan holda ishtirok etishmoqda.
Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari S.Buzrukxonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Unda tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish ishlari samaradorligini oshirish masalalari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha millim kengash yig’ilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga belgilab berilgan topshiriqlar to’g’risida ma’ruzalar qilinmoqda.