Korrupsiya - kelajakka tahdid!

Bugun, 30-aprel kuni Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida "Korrupsiya - kelajakka tahdid" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i X.Shixova ishtirok etib, talabalar bilan suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaga nisbatan huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta'lim jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash kabi masalalar talabalarga tushuntirildi.