10-sentabr kunidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazovning fakultetlar kesimida 1-bosqich talabalari bilan an’anaviy ochiq muloqot uchrashuvlari boshlandi.
Dastlabki uchrashuv Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Unda Birinchi prorektor D.Ibadullayev, fakultet dekani A.Xudayberganov hamda 2025-2026-o‘quv yilida mazkur fakultetga o‘qishga qabul qilingan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan oliy taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, universitetning mavjud sharoit va imkoniyatlari, o‘quv jarayonlarining kredit-modul tizimida tashkil etilishi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun faoliyat yuritayotgan to‘garaklarda ishtirok etish zarurligi kabi qator masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, rahbariyat tomonidan talabalarga o‘z tashabbuslari, iqtidor va qiziqishlariga ko‘ra faol bo‘lishlari, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishlari lozimligi ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, universitet rahbariyatining talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari bosqichma-bosqich barcha fakultetlarda davom ettiriladi.