Targ'ibot

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda

✅O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 03-23-181-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-iyundagi 15-sonli bayonnomasi va ilovalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi"ning 20-bandida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan metodik, uslubiy, axborot  va boshqa materiallarning oliy o‘quv yurtlarida, shu jumladan universitetlar sayti  va ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatilishini ta’minlash vazifasi belgilangan.

➡️Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun, 22-may kuni  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet rahbariyati, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va barcha bo‘limlarga metodik, uslubiy, axborot  va boshqa materiallar tarqatildi.