Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish – har birimizning muhim vazifamiz!

4-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish — har birimizning muhim vazifalarimizdan biridir” mavzusida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda UrDU Birinchi prorektori D.Ibadullayev, Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Urganch shahar bo‘limi bosh mutaxassisi O.Vaisov, Xorazm viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi A.Xudoyberganov, universitet profilaktika inspektorlari hamda psixologlari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni internet hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan turli zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, tanqidiy fikrlashni kuchaytirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari haqida so'z yuritildi. Yoshlarni huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi illatlardan himoya qilish, shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizm, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik masalalariga alohida to‘xtaldilar. Uchrashuv davomida mavzuga oid hayotiy videorolik namoyish etildi. 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislardan batafsil javob olishdi.