Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Salbiy axborot xurujlarining mazmun-mohiyati, maqsadi, manbalari va vositalari” mavzusida ma’ruza qilindi.

 Axborot xavfsizligi kafedirasi o'qtuvchisi Jumaniyozov Feruz Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ma’naviyat va ma’rifat tayyorgarligi” mashg‘ulotiga tashrif buyurdi. U “Salbiy axborot xurujlarining mazmun-mohiyati, maqsadi, manbalari va vositalari” mavzusida keng qamrovli ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida u axborot urushlari, feyk xabarlar, yolg‘on ma’lumotlar orqali jamiyat ongiga ta’sir o‘tkazish usullari haqida atroflicha to‘xtalib, bu kabi tahdidlarga qarshi kurashishda har bir fuqaro, ayniqsa davlat xizmatchisi axborot madaniyatiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidladi.