Bugun, 1-mart kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida siyosiy partiya faollari va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun tashkil etiladigan o`quv kurslarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda viloyatdagi barcha partiya vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvni Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, moderatorlik qildi. Tadbirda so`zga chiqqan UzLidep siyosiy kengashi raisining o‘rinbosari B.Yoqubov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati J. Atajanovlar ushbu o`quv kurslarning maqsadi va o`quv jarayonini tashkil qilish masalalari yuzasidan ma`ruza qildilar.
Shuningdek, UrDU professori, i.f.d. B.Ro‘zmetov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan ma’ruza qildi.
Shundan so`ng, kun tartibidagi o`quv mashg`ulotlari guruhlarga bo`lingan holda o`z ishini davom qildirdi.