Joriy yilning 13-mart kuni Urganch davlat universitetining Ma`naviyat xonasida "Urganch davlat universitetining o`tgan davrdagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari" mavzusida Ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ushbu ochiq muloqotda universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Z.Ibragimov hamda O`quv-uslubiy boshqarma boshli`g`i G`.Matlatipovlar bir guruh iqtidorli talabalar bilan mavzu yuzasidan ochiq suhbat olib bordi.
Unda universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari, strategik vazifalari, talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya usullari yuzasidan yangi g'oyalar va tashabbuslar, galdagi vazifalar, shuningdek universitetda yo`lga qo`yilgan turli to`garaklar, ko`rik-tanlovlar haqida so`z bordi.
Shuningdek, bu borada talabalarning ham fikr va mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi. Ochiq muloqotda OAV vakillari ham ishtirok etdi.