Joriy yilning 17-18-mart kunlari Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori Z.Ibragimov hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xo`jamovlar Hazorasp tumanida joylashgan 1-IMI, Bog`ot tumanida joylashgan 3-maktab, Xiva shahrida joylashgan 18-maktab hamda Xiva tumanida joylashgan 28-IDUMga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog'ida maktablarning bitiruvchi o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda bugungi kunda oliy ta'lim va maktab o'rtasidagi hamkorlik aloqalari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida so'z bordi.
Umumta’lim maktablarining 11-sinfida ta’lim olayotgan hamda matematika va fizika fanlarini chuqur bilgan, ammo ota-onasining biridan ayrilgan ehtiyojmand qizlarni “mahallabay” aniqlash maqsadidagi ushbu tashrifda qizlarni OTM larga bepul tayyorlash, o‘qishga kirishlariga yordam va imtiyoz berish masalalari muhokama qilindi. Hozirda talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan 50 nafar talaba qizni ya’ni boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlarini to‘lov kontraktlarini bo‘lab berishini universitet o‘z zimmasiga olishi universitet rahbariyati tomonidan alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi o'quvchilar va ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.