2021-yil 15-aprel kuni talaba-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, she`riyatga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetining Filologiya fakultetida an`anaviy tarzda o`tkazilib kelinayotgan “She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi. Ushbu tanlov mashhur o`zbek shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag`ishlab o`tkazildi.

Tanlovda fakultetning 9 nafar talabasi shoir ijodi yuzasidan she`riyat maydonida baxsga kirishdilar. Tadbir davomida 196-guruh talabalari ijrosida kuy-qo`shiq va raqslar, Muhammad Yusuf ijodiy faoliyatiga doir sahna ko`rinishi namoyish etildi.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko`ra, Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov g`oliblarni e’lon qilib, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirladi.


