Jumaniyazov Maqsud Jabbiyevich 1960-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1982-yilda Toshkent politexnika institutining «Noorganik moddalar texnologiyasi» mutaxassisligini tugatgan. 1987-yilda nomzodlik, 2005-yilda esa doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Texnika fanlari doktori, professor.
M.J.Jumaniyazov Urganch davlat universitetiga 1992-yilda «Umumiy va organik kimyo» kafedrasi dosenti va mudiri vazifasi lavozimiga ishga qabul qilingan. Shu yildan buyon oliy dargohga mehr qo‘yib, sidqidildan fidokorona, halol mehnat qilib kelmoqda. U mazkur o‘quv dargohidagi faoliyati davrida oddiy o‘qituvchilikdan kafedra mudiri, fakultet dekani, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rektor muovini va o‘quv ishlari prorektori darajasiga ko‘tarildi. Bor kuchi va bilimini vatanimiz uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bag‘ishlab kelayotgan tajribali va faol o‘qituvchi, bag‘rikeng rahbar, mamlakatimizda kimyoviy texnologiyalar sohasining taniqli, serqirra olimi.
M.J. Jumaniyazov 350 dan ortiq ilmiy ishlar, 11 ta ixtiro, 11 ta uslubiy qo‘llanmalar va ikkita monografiya muallifi. Ilmiy ishlari chet elning (Angliya, Avstraliya, Germaniya, Xitoy, Xindiston va Rossiya) va Respublikaning nufuzli ilmiy jurnallarida e’lon qilindi, 30 ortiq davlatlarda xalqaro anjumanlarda qatnashdi.