2021-yil 21-aprel kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati, fakultet dekanlari asosiy binodagi Talabalar turar joyiga tashrif buyurishib, sharoitlar bilan tanishdilar va u yerdagi mavjud masalalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov hamda Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonovlar 4-son Talabalar turar joyida bo`lib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Talabalar bilan suhbatda bo`lib, u yerda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, muntazam kitob mutolaa qilish, to`g`araklarga qatnashib hunar o`rganishga chaqirdilar. Shuningdek, talabalarni qiynayotgan muammolar haqida so`radilar.
Uchrashuv davomda yoshlarni fikr-mulohazalari va takliflari muhokama etildi.