2021-yil 4-may kuni Turizm va iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchi va talabalari 9-may - "Xotira va qadrslash kuni" munosabati bilan Xiva tumani Soyot qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi faxriy Samandar ota Xudoyberganov xonadoniga tashrif buyurib, otaxonning holidan xabar oldilar. Otaxon suronli yillar, urush xotiralaridan gapirib berdi. Tashrifdan o`z mamnuniyatini izhor qilib, duo qildilar.
Shuningdek, Xiva tuman Soyot qishlog‘ida yashovchi mustaqillik yillarida o‘z burchini bajarishda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimi marhum Mamatov Olimboy Sabirovich xonadoniga tashrif buyurib, uning oila a’zolari holidan xabar oldilar. Oila a’zolari bilan uning el-yurtiga ko‘rsatgan xizmatlari to‘g‘risida suhbat qilib, marhumni yod etdilar. Tashrif uchun xonadon a’zolari UrDU ma’muriyati hamda Turizm va iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
Fizika-matematika fakulteti o'qituvchilari talabalar bilan hamrohligida Xorazm viloyati Shovot tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushining Ukraina va Belarussiya janglarida qatnashgan Jumaniyazov Shomurat ota xonadoniga tashrif buyurib, otaxonning holidan xabar oldilar. Otaxon talabalarga o`z xotiralarini haqida so`zlab berdi.

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Urganch tumanida yashovchi ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Xodjayev Otavoy otaning xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabrikladilar. Otaxon hozirda qutlug‘ 100 yoshni qarshi olgan, otaxonga sog‘lik-salomatlik tilab qolamiz.

Texnika fakultetining professor-o‘qituvchilari 9-May – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Bog‘ot tumani Nayman qishlog‘i Nayman mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urishi qatnashchisi, 1-guruh nogironi 1922-yilda tug‘ilgan Yomg‘irov Marat otani xonadoniga borib, holidan habar olib, bayram bilan samimiy tabrikladilar.
Shuningdek, fakultetining Yoshlar ittifoqi yetakchisi J.Mirzayev va faol talabalari Yangiariq tumani Qarmish qishlog‘ida yashovchi mustaqillik yillarida o‘z burchini bajarishda halok bo‘lgan Yaqubov Dilshod Ilyosovichning xonadoniga borib, oila a`zolari bilan uchrashdilar. Marhumni xotirlab, haqqiga duo qildilar.
Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Saidov hamda fakultet talabalari 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munasabati bilan ulug‘ Vatan urush qatnashchisi Hazorasp tumanida yashovchi Matnazarov Bekchon ota xonadoniga tashrif buyurdilar. Bobo urush yillaridagi zulmatli kunlar, uning fuqarolarimiz, butun jahonga yetkazgan salbiy ta’sirlari va hozirgi mustaqilligimiz munosabati bilan davlatimizda bo‘layotgan rivojlanish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida faxriy bobo mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi, yurtimiz yanada rivojlanishi uchun duo qildi.
2021-yil 5-may kuni Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o'qituvchilari Yangibozor tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdulla ota Ahmedovni 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” bayrami bilan tabriklash maqsadida uning xonadoniga tashrif buyurdilar. Otaxon urush yillari xotiralaridan gapirib berib, tashrifdan o`z mamnuniyatini izhor qilib, duo qildilar.