
Hurmatli hamkasblar va aziz talabalar!
Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi sanalgan bu qutlug‘ bayram munosabati bilan siz azizlarga samimiy tilaklarimni yetkazishingizdan umidvorman.
Ta’lim-tarbiyaning kuch-qudratiga va ruhiy-madaniy kamolotiga yangicha yondashish jarayoni sezilayotgan ayni kunlarda xalqimizning ma’naviy kamoloti va ilmiy salohiyati yo‘lidagi faoliyatingizga bardavomlik tilayman!
Xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayz-u baraka bardavom bo‘lsin. Olayotgan bilimlarimiz va izlanishlarimiz ilmiy va insoniy jasorat, so‘nmas e’tiqodlarimizni yuksalishiga xizmat qilsin!
Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Bahrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori