Dastlabki himoya

2021-yil 18-may kuni Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining navbatdagi ilmiy-nazariy seminari yigʻilishi bo’lib o’tdi. Unda  f.f.n., dotsent Primov Azamat Iskandarovichning 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligi boʻyicha  filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilgan  “Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari leksikasi” mavzusidagi dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi oʻtkazildi.

Ushbu ilmiy-nazariy seminarda fakultetning professor-oʻqituvchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalari, shuningdek, universitetning boshqa  fakultetlaridan ham tadqiqotchilar  ishtirok qilishdi.  Mazkur muhokama jarayoni qizg’in bahs-munozara va savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

Muhokama yakunida yig’ilish ishtrirokchilari 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligi boʻyicha  filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari leksikasi” mavzusidagi tadqiqot ishini keyingi bosqich muhokama jarayonlariga tavsiya qilishdi.