2021-yilning 19-may kuni rektor B.Abdullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori G'.O'razboyevlar hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish maqsadida Belorus Respublikasining Yanki Kupali nomidagi Grodno davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda ikki universitet o`rtasida o`zaro hamkorlik aloqalari jumladan, qo`shma ta`lim dasturlarini yo`lga qo`yish, ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasida hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi.
Tashrif davomida Yanka Kupala davlat universiteti ilmiy-texnika parkiga tashrif buyurdilar. Universitet Ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Yuriy Romanovskiy mehmonlarni inshoot infratuzilmasi, uning ishlab chiqarilishi va innovatsion imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Mehmonlarga fan va texnologiyalar parki asosida faoliyat yuritadigan mavjud ishlab chiqarish binolari va laboratoriyalar bilan tanishish, shuningdek, Yanka Kupala davlat universiteti loyihalari hamda Startaplar studiyasining rezidentlari va ishtirokchilari bilan muloqot qilish imkoniyati berildi.
Uchrashuv yakunida B.Abdullayev Kupala universiteti rahbariyati va xodimlariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek imzolangan hamkorlik shartnomalari doirasida qo'shma shartnomalarning tez orada amalga oshirilishiga umid bildirdi.