2021-yil 21-may kuni Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida Xorazm viloyatidagi Qurolli Kuchlar veteranlari, harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiylar, Temurbeklar maktabi hamda Tarix fakultetining 181-Arxeologiya guruhi talabalari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida xotira tadbiri bo`lib o`tdi.

Tadbirni UrDU dotsenti Sh.Nurullayeva kirish so`zi bilan ochib berib, "Ularning ezgu ishlari unutilmaydi" mavzusida ma'ruza qildi.
Tadbirda muzeyi direktori E.Ruzmetov muzey faoliyati va uning yaratilishi haqida, Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi veteranlar kengashi raisi A.Jumaniyazov “O‘tmishga bir nazar: Mustabid sovet tuzumining qatag‘on siyosati”, Urganch garnizonidagi 53008-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi U.Mamajonov “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi” mavzusida ma`ruza qildilar.

Shuningdek, harbiy xizmatchi, oddiy askar J.Fayziyev o`zining muzey haqidagi taasurotlarini yig`ilganlar bilan o`rtoqlashdi.

Tadbir yakunida muzey xodimlari tadbir mehmonlarini muzey eksponatlari bilan tanishtirdilar.
