2021-yil 22-may kuni Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J.Ermetova, kafedra professor- o`qituvchilari hamda ma'sul o'qituvchi Indira Rahimova boshchiligida Iqtidorli talabalar konferensiyasi (Talented Youth Conference) bo'lib o`tdi.

Konferensiya yosh olimlar ilmiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkillashtirildi. Qatnashuvchilar o`zlarining maqolalari bilan taqdimot ko'rsatib, chet tilini o'qitishdagi dolzarb muammolarni ilgari surishdi.


Konferensiyada eng yaxshi topilgan maqolalar sertifikat bilan taqdirlandi. Jumladan:
Durdiboyev Malik- eng yaxshi maqola yozuvchisi
Mutallapova Yelena - eng dolzarb muammoni o`rgangan olim
Jumanazarova Hilola- eng qiziqarli maqola nominatsiyalarida g'olib deb topildi.
Shuningdek, Farhodova Gullola va Bekmetova Dilnuralarning maqolalari ham til o'rganishdagi qiziqarli mavzular deb sertifikatlar bilan taqdirlandi.