2021-yil 24-may kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni rektor Bahrom Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati kutib oldi.


Tashrif avvalida, universitet talabalari bilan uchrashib, ular bilan suhbatda bo`ldi. Chet tillarini rivojlantirish borasida qilinayotgan islohotlar borasidagi fikrlariga quloq tutdi. Shuningdek, yaratilayotgan barcha shart-sharoitlardan oqilona foydalangan holda qunt bilan bilim olishga chaqirib, o`zining tavsiyalarini berdi.

Qisqa tashrif mobaynida, vazir A.Toshqulov universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar joyi bilan ta`minlanganlik darajasi, shuningdek, 2021-2022-yillarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 2 ming o`rinli o`quv binosi hamda kapital rekonstruksiya qilinishi mo`ljallangan 600 o`rinli talabalar turar joyining qurilish rejalari bilan tanishdi.

Tashrif yakunida, vazir A.Toshqulov o`zining iliq fikrlarini izhor etib, samimiy qabul uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.