Bugun mamlakatimiz bo`ylab barcha umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroqlar yangrab, qariyib 438 ming nafar о‘quvchi yoshlarimiz yetuklik shahodatnomasini qо‘lga kiritadi.

Shu munosabat bilan “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish va o`tkazish, bitiruvchilarga oq yo`l tilash tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi tomonidan belgilab berilgan 02-1771-sonli topshiriqqa asosan, oliy ta`lim muassasalari rahbariyati ishtiroki qilmoqda.

Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov Xiva shahar 20-son umumta`lim maktabiga, Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor A.Atajonov Bog`ot tumanidagi 3- son umumta`lim maktabiga tashrif buyurib, о‘quvchilarni “Sо‘nggi qо‘ng‘iroq” bilan muborakbod etdilar.

Maktab bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tilaklarini yetkazib, ularga kelgusi hayotlarida oldilariga qо‘ygan maqsadlariga erishish, oliy о‘quv yurtiga kiradimi, biror kasb egasi bо‘ladimi yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bо‘lib yetishishlarida omadlar tiladi.
Universitet faoliyatiga biriktirilgan boshqa maktablarda ham mas’ullar tomonidan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.