Bugun, 26-may kuni qadimiy Buxoro shahrida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasi bo‘lib o`tdi.
Xalqaro forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Mintaqalararo anjumanda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati organlari vakillari hamda 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishtirok etdi.
Ushbu forumda Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev ham ishtirok etdi.
Forumdan fotoreportaj