«Biologiya» kafedrasi tarixi

B.Haqberdiyev, A.Matyoqubov, R.Egamberdiyev, R.Sobirov, B.Sodiqov, R.Xamzin, M.Eshchonov, P.Otayevlar kabi tajribali va ilmiy salohiyatga ega o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan.
1992 yilgacha botanika-tuproqshunoslik kafedrasiga R.Egamberdiyev, R.Sobirovlar rahbarlik qildilar. Shu yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari «Xorazm vohasi cho‘l o‘simliklarining biologik xususiyatlari» yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.
1992-1997 yillarda fakultet kafedralari zamon talabi asosida Umumiy biologiya kafedrasi qaytadan tashkil etildi va unga qishloq xo‘jalik fanlari doktori G‘.M.Satipov rahbarlik qildi.
Hozirgi kunda «Biologiya» kafedrasiga dots. Tajiyev Zokirjon Rajabovich rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedrada jami: 1 ta fan doktori, 11 ta fan nomzodi va 22 dan ziyod o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra tarkibida 30 dan ortiq professor – o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Hozirda 70510101 - Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) yo’nalishi bo’yicha magistratura bosqichida talabalar tahsil olib kelmoqda.