Bugun , 15-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati mintaqaviy filiali vrachi, narkolog D.Eshchonov, Xorazm viloyati IIB TQX JQB Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo’limi katta tezkor vakili J.Zarifov va Xorazm viloyati IIB TQX JQB Тerrorizm bo’limi katta tezkor vakili E.Safayev, fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqan maʼruzachilar giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning zarari, narkotik savdosiga qarshi kurash, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berishdi.