31-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi davom etdi.
Tanlovning ikkinchi kunida Fizika-matematika, Filologiya va san’at, Texnika, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlari jamoalari o‘z sahna ko‘rinishlahamdari bilan ishtirok etdilar.
Talabalar o‘z aktyorlik mahorati, badiiy ijodkorligi va sahnadagi ishonchli chiqishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdilar. Har bir taqdim etilgan sahna chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholab borildi.
Tanlov natijalari quyidagicha boʻldi:
1-oʻrin Filologiya va sanʼat fakulteti “Jadidlar” jamoasining “Qirmizi olma” spektakli;
2-oʻrin Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasining “Abdulla Oripov” hujjatli filmidan lavhasi;
3-oʻrin Texnika fakulteti jamoasining Komil Avazning “Ramazon” asari asosidagi parchasi.
Gʻolib jamoalarni chin dildan tabriklaymiz hamda tanlovning keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
