31-oktabr kuni Urganch davlat universitetida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni o’tkazildi. Unda fakultetning professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.
Tadbirning bu galgi soniga O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Nabi Jaloliddinning "Umar Xayyom" romani ("Oraliq" kitobi), Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun F.Dostoyevskiyning “Kambag'allar” asarlari tanlab olinib, unda 12 nafar ishtirokchi 2 shart davomida badiiy maydonda oʻzaro kuch sinashdi.
Tadbir davomida 231-O'zbek tili guruhi talabalari tomonidan sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar namoyish etildi.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida tashkil etilishi bilan ahamiyatlidir.

.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)