Bugun Urganch davlat universitetida “16-noyabr –Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan “O'zbekiston bag'rikeng diyor" shiori ostida badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur koʻrgazmada viloyatimizdagi milliy-madaniy markazlarning hamda universitetimizning barcha fakultetlari talaba-yoshlarining hunarmandchilik mahsulotlari, rassomchilik ishlari, qardosh xalqlar yozuvchi, shoir va rassomlarining badiiy asarlari namoyish etildi.
Koʻrgazmada Xorazm viloyati hokimligi vakillari, milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hamda universitet rahbariyati ishtirok etishdi.