18-may - “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan  Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi

Unda Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalar, maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari, faxriylar va muzeyning doimiy mehmonlari ishtirok etishdi.  Anjumanni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev  kirish soʻzi bilan ochib berib, ushbu muzeyning tashkil etilishi va bugungi kundagi faoliyati haqida soʻz yuritdi.

Anjumanda soʻzga chiqqanlar boy tariximiz, madaniy merosimiz va qadriyatlarimiz toʻgʻrisida soʻz yuritib, ularni kelajak avlodga yetkazishda muzeylarning oʻrnini eʼtirof etdilar.

Anjuman yakunida “Jadidlar merosi-kelajagimiz poydevori” nomli rasmlar ko’rgazmasi va ilmiy maqolalar tanlovida o‘zlarining vatanparvarlik, Turkiston va uning ajralmas bo'lagi jadidchilik borasidagi ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan yoshlar eʼlon qilinib, UrDU rektori B.Abdullayev va muzey direktori Y.Rahmonovalar tomonidan munosib taqdirlandi.