Universiada sport musobaqalarida Shaxmat jamoamiz faxrli o‘rinlarni egalladi

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan Universiada sport musobaqalarining final bosqichida Shaxmat jamoamiz shaxsiy birinchilikda Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich magistri Sapaev Maqsad birinchi o‘rin, jamoaviy tarkibda xam Matematika fakulteti 2-bosqich magistri Babayazova Nazokat bilan birgalikda faxrli birinchi o‘rinni egalladilar. Shashka jamoamiz faxrli beshinchi o‘rinni egallashdi. Shaxmat shashka jamoamizni nufuzli g‘alabalar bilan samimiy TABRIKLAYMIZ!